Ziyoratgoh va muborak qadamjolarga tashrif buyurar ekansiz, unda inson ruhiyatining poklanishi, ulug‘ ajdodlardan ichki kuch va g‘ayrat olish hissi borligiga shubha yo‘q. Shunday ekan, ziyorat bilish va anglash bobida katta ma’lumotlar manbaidir. Vatanimiz iftixori buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning hayoti va yurishlari, markazlashgan davlat uchun olib borgan sa’yi harakatlari bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, bobomiz buyuk sarkarda siymosida yoshlar qalbida vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish maqsadida “Gidromelioratsiya” fakultetining 413-guruh talabalari murabbiysi B.Muqimov rahbarligida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif uyushtirishdi.
Sayohat davomida talabalar ruhan tetiklik va vatanga bo‘lgan muhabbat hislarini ana shunday zot siymosida tasavvur etdilar. Sohibqiron go‘yo ajdodlarga munosib bo‘ling aziz avlodlarim degan da’vat bilan yoshlarga murojaat qilgandek bo‘ldi.
“GM” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Xayrulla To’ychiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov