Foydali maslahat tarzida

     Bugun 9-dekabr TIQXMMI QXM fakulteti 1 – kurs talabalari bilan 8 – maʼruzalar zalida institut psixologi M.K. Muxamedova ishtirokida “Psixolog bilan tanishuv” tadbiri oʼtkazildi. Tadbirni QXM fakulteti yoshlar bilan ishlash dekan oʼrinbosari H. Boymatov oʼz kirish soʼzi bilan ochib, soʼz navbatini QXM fakulteti dekani Q. Shavvazovga berdi. Q. Shavvazov talaba yoshlar uchun kelajakda dasturilamal boʼlib xizmat qiladigan nutq soʼzladi. Institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan talabalarni tanishtirib oʼtdi va talabalarga tezlik asrida insonlar hayotida psixolog mutaxassisining oʼrni naqadar muhimligi haqida soʼz yurtib, soʼz navbatini institut psixologi M.K. Muxamedovaga berdi. M.K. Muxamedova institut psixologining vazifalari va institutda olib boradigan faoliyati toʼgʼrisida talabalarga batafsil tushuncha berib oʼtdi. Va barcha talaba yoshlarga sogʼlom turmush tarzida yashashning naqadar muhimligi, stress va depressiya holatidan uzoq yurish sirlari haqida soʼz yuritdi. Yigʼilish soʼngida talabalar institut psixologi va fakulteti yoshlar bilan ishlash dekan oʼrinbosariga oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. “Institut psixologi faoliyati” toʼgʼrisidagi varaqalar tarqatildi va barcha talabalarga “Psixolog maslahati” kanaliga aʼzo boʼlish tavsiya qilindi. Tadbir qizgʼin tarzda oʼz yakuniga yetdi. 

 

Institut psixologi M.K. Muxamedova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati