"Erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish", "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" mavzusida seminar-trening

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Xotin-qizlar maslahat kengash raisi Ismailova Zuxra Karabaevna tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi “Afrosiyob” nomli psixologik xizmat ko‘rsatish marakazi bilan hamkorlikda "Erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish", "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

 

Seminar-treningni Z. Ismailova kirish so‘zi bilan ochib, erta nikoh oqibatlari hozirgi kunda davlat siyosati darajasida olib borilayotganligini ta’kidladi. Keyingi ma’ruzachi O‘zbekiston Respublikasi “Afrosiyob” nomli psixologik xizmat ko‘rsatish markazi direktori, psixolog, psixoterapevt Zebiniso Axmedova o‘zining dolzarb mavzudagi ma’ruzasi bilan ishtirokchilarni bahramand etdi. Tadbirda institutimizning talaba-qizlari ham faol ishtirok etdi. Seminar-trening yakunida professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

TIQXMMI matbuot xizmati