O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 24 yanvar kuni mamlakatimiz Parlamentiga har yilgi murojaatnomasi bilan chiqdi. “QSXET” fakulteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasi to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi. Murojaatnomadagi: “Ilm yo‘q joyda to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi, ilm – bizga havodek zarur, eng katta boylik – aql-zakovat, eng katta qashshoqlik bu – bilimsizlikdir.”, - degan purmano o‘gitlarni barchamiz anglamog‘imiz darkor. Shu bilan bir qatorda Murojaatnomoda bugungi kunda dunyoda bo‘lib o‘tayotgan xavf-xatarlar ham alohida e’tirof etildi.
Shuningdek Murojaatnomada keltirilgan quyidagi masalalar yuzasidan suhbatlashildi: Yangi maktablar, shu jumladan xususiy maktablarni qurish, mavjudlarini ta’mirlash davom ettiriladi. O‘qituvchilarning malakasini oshirish va ularning mehnatiga haq to‘lash masalasi hal etiladi. Yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25%ga va kelgusida 50-60%ga yetkazish lozim. Oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar ko‘paytiriladi, Qizlar uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Oliy ta’limda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi, oliy o‘quv yurtlarini o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tkaziladi, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinadi.
“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakulteti Xotin-qizlar ko‘mitasi raisi A.T.Sanbetova axboroti
Institut matbuot xizmati R. Jumaniyozov