Loyiha gā€˜oliblari qatorida

  Shu yil 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligida World youth innovation forum 2020 doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi loyihalar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash va ularni vazirlik huzuridagi “Yoshlar akademiyasi”ga qabul qilish marosimi haqida ma’lumot berilgandi.  Ushbu tanlovda dunyoning 24 ta davlatidan jami 5100 ga yaqin loyihalar topshirilgani, O‘zbekiston bo‘yicha 20 ta eng yaxshi loyiha sovrindorlikka munosib ko‘rilganini va sovrindorlarning barchalari  Yoshlar akademiyasiga a’zolikka qabul qilinganini alohida ta’kidlash lozim.

Tanlovda “Elektr tokida harakatlanuvchi bog‘dorchilik mini traktori” loyihasi bilan qatnashgan "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi 2-bosqich tayanch doktoranti Ravshan Botirov va kafedra assistenti Rustam Xudoyqulovlar faxrli 3-o‘rinni egallashdi hamda o‘z loyihalarini rivojlantirish uchun 10 million so‘m miqdoridagi mablag‘ hamda Yoshlar akademiyasiga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi sertifikat va a’zolik nishoni bilan taqdirlanishdi. Yosh tadqiqotchilarni ushbu yutuq bilan tabriklab, loyihani amalga oshirishdagi keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi jamoasi axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati