Bayramona kayfiyat baxsh etildi

10 - mart kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalar turar joyida "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan bahor o'yini boshlanishi bayramona kayfiyat ila talabalarga osh tashkil etildi. Undan tashqari talabalar o'rtasida sport o'yinlari o'tkazildi. Musobaqada g'olib chiqqan jamoalarga esdalik sovg'alar va diplomlar topshirildi. Tadbir so'ngida talabalar institutimiz rahbariyatiga va "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi jamoasiga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati