Ikkinchi jahon urushida qatnashib fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning taʼminlanishida Oʻzbekistondan ketgan bir yarim milliondan ziyod yurt farzandlarining hissasi borligini his etmaslik mumkin emas. Front va front ortida tinimsiz shijoat ham oʻz roʻyobini koʻrsatgani aniq. Shuning uchun ham urush va mehnat faxriylari hurmatini joyiga qoʻyish milliy qadriyatlarimizning belgisi. 2019 yil 8 may kuni institut talabalar oshxonasida institut rahbariyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 9 may - Xotira va qadrlash kuni - umumxalq bayrami munosabati bilan “Xotira - abadiy, qadr - muqaddas” shiori ostida bayram dasturxoni tashkil qilindi. Bayram dasturxoniga hozirgi kunda nafaqada boʻlgan ikkinchi jahon urushi davridagi mehnat fronti faxriylari hamda 25 nafar institutda faoliyat yuritayotgan faxriylar uchun institut talabalar oshxonasida milliy taom osh damlanib, bayram dasturxoni yozildi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov