Talaba yoshlarni ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash maqsadida kuni kecha TIQXMMI Qarshi filialining “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo’jaligida)” taʼlim yoʼnalishi 1 - bosqich 114-guruhning tashabbuskor talaba-yoshlari hamda guruh murabbiyi boshchiligida O‘rta Osiyodagi noyob obidalardan biri bo‘lgan.
Kalom ilmining mashhur allomasi, mutafakkir Abu Mu’in Nasafiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Mu’in Nasafiy ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Ziyoratgohga tashrif davomida talabalar “Abu Mu’in Nasafiy” to‘g‘risida bir olam yetarlicha ma’lumotlar olishdi.
Ma’lum vaqt oralig‘ida o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bu yodgorlik majmui Davlatimiz Prezidenti tashabbuslari bilan qayta tiklandi. Hozirgi kunda nafaqat yurtimizdan, balki xorij mamlakatlaridan ham sayyohlar kelib “Abu Mu’in Nasafiy” maqbarasini ziyorat qilmoqdalar. Tashrif barchada katta taassurotlar qoldirdi. Ziyoratgohga tashrif davomida ilm-ma’rifat, halollik haqida suhbatlar qilindi. Xayrli duolar bilan tashrif yakunlandi.
"Umumtexnik fanlar" kafedrasi assistenti Dilshod Ochilov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati