Faxriylarga ehtirom

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo'qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo'la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik - taraqqiyot garovidir. Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g`oya tarkibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma'naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ`ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi. “9 may - Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. Mustaqil O'zbekiston xalqi va davlati avval-boshdan tinchlik-totuvlik tarafdori sifatida maydonga chiqdi.

Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan har bir xalq uni o'zicha eslaydi, qurbonlarini o'zicha xotirlaydi, jangdan omon qaytgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun safimizda yurgan faxriylarni ham munosib qadrlaydi. Nafaqat jangdan omon qaytgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun safimizda yurgan fahriylarni qolaversa, institutimizda ko'p yillar xizmat qilgan faxriylarimizni ham tom ma'noda qadrlaymiz. Institutimiz rektori, professor O'.P.Umurzakov tashabbusi, “9 may - Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani hamda bir guruh professor-o'qituvchilar bilan birga institutimizda ko'p yillar mehnat qilgan, institut rektori, kafedra mudiri, professor lavozimlarida ishlagan Sattorhon Ibodullaev hamda Geodeziya kafedrasining dotsenti lavozimida ko'p yillar faoliyat olib borgan Cigankov Eduard Alekseyvichlar holidan xabar olindi. Bugungi tinch osuda hayotimizga erishishimizda va institutimiz ravnaqida ustozlarning ham ulkan hissalari borligini e`tirof etgan holda bayrami munosabati bilan Sattorhon Ibodullayev va Eduard Cigankovlar institut jamoasi nomidan tabriklandi va sovg`alar topshirildi.

                  

YERB  fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati