Vakuumli va yarimo‘tkazgichli qurilmalar

Elektronika-gaz, vakuum va qattiq jism muhitidagi elementar zaryadlangan zarrachalarga elektromagnit maydon ta’siri natijasida hosil bo‘lgan elektr o‘tkazuvchanlikni o‘rganish va undan foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan sohasidir. Bugun kunda ushbu sohasiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin. 
Murakkab funksiyalarni bajaruvchi smartfonlar, biz uchun hozirgi kunda oddiy vosita qurilmalarga aylanib borayongan uyuli aloqa vositalarining “ko‘makchilari bo‘lgan” yarim o‘tkazgichlar haqida institutmizning G 315 auditoriyasida Ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi. 
Ma’ruzani Elektronika va mexatronika kafedrasi dotsenti Shoyusupov Shoakbar Azizovich Xayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishi 3 bosqich talabalariga o‘qidi. Ma’ruzada Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti dekani Isakov Abdusaid Jalilovich,Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti dekani Begmat Norov, O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

O‘qituvchi ma’ruzani talabalar bilan hamnafaslikda, har bir bosqichni xayotiy misollar bilan fanga asoslanganxolda tushintirib berdi.Vakuumli va yarimo‘tkazgichli qurilmalarda sodir bo‘ladigan har bir jarayonni talabalarning xotirasida yaxshi muxrlanishi uchun animatsion rasmlar orqali namoyish qilib berdi.

Muhimi talabalarning va qiziquvchilarning sakson daqiqa vaqti mazmunli o‘tdi. Ushbu darslarni kuzatib borayotganlarni esa kelasi ochiq darslarimizda ishtirok etishga taklif etib qolamiz. 

 

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti.