Joriy yilning 8 oktyabr kuni institutimizga Germaniya federativ Respublikasidan bir guruh qishloq xo‘jalik xodimlari, fermerlar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan faoliyat olib boradigan tadbirkorlar tashrif buyurdi. Ular institutimizda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni, ilmiy tadqiqot ishlari hamda xalqaro xamkorliklar bilan tanishib, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlagan holda tajriba almashish yuzasidan kelishib olishdi.
Qxm yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Hamza Boymatov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov