2019 yil 10 noyabr kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani o‘rinbosari A.I.Azimov fakultetdagi faol talabalari bilan jannatmakon yurtimizning boy tarixiga va madaniyatiga ega bo‘lgan “ZANGIOTA” ziyoratgoh majmuasiga tashrif buyurishdi. Talabalar ziyoratgohda jahon me’morchiligining noyob durdonalari tarixidan munosib o‘rin egallagan me’moriy obidalar bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarida ruhiy tetiklik his etdilar.
“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov