Yangi yil yaxshilik, yangilik va ayni paytda har bir inson uchun hisobot, masʼullik hamda majburiyat demakdir. Yangi yilni yangicha dunyoqarash, yangi Oʼzbekiston ruhi va shukuhi bilan kutib olishning hikmati oʼzgacha. Bu bir-birovimizga samimiy munosabat, dildan qilingan harakat bilan bogʼliq. Xuddi shu maqsad bilan SXTE va B fakulteti dekani va “Ingliz tili” kafedrasi oʼqituvchilari bayram munosabati bilan TTJda yashovchi talabalarni tabriklab oziq-ovqat mahsulotlari bilan holidan xabar olishdi. Kayfiyatlari koʼtarinki, ruhiyati tetik talabalarning oʼqishga boʼlgan mehri yana bir karra oshganligini his etmaslik mumkin emas.
TIQXMMI matbuot xizmati