TIQXMMIda yana bir trening

Hammamizga ma’lumki, bugungi kundagi zamonaviy mutaxassislar oldida turgan eng asosiy talablardan bittasi bu tabiiy jarayonlarni modellashtirishni programmalashtirish va o‘zlashtirishdir. Shu maqsadda 8-11 aprel 2019 yil davomida institutimiz hududida joylashgan innovatsion klasterda SWAT-  soil and water assessment tool for hydrology and Water Resource Management mavzusi bilan gidrologik modellashtirish programmasi bo‘yicha trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda institutimiz magistrantlari va o‘qituvchilari shuningdek, IWMI hamda O‘zgidrometdan mutaxassislar ishtirok etishdi. Treningni Shri-Lankalik gidrolog mutaxassis doktor Lal Mutuvatta olib bordi. Trening jarayonida ishtirokchilar juda ko‘plab savollariga javob olishdi.

"Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi assistenti S.M.Qodirov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov