9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida "Qit’alarni titratgan buyuk sarkarda" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy sudning sudyalari va boshqa xodimlari ishtirok etdilar. Unda TIQXMMI "Gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri, t.f.d. SH.M. O‘ljaeva Amir Temurning Markaziy Osiyo va jahon xalqlari uchun ko‘rsatgan buyuk xizmatlari, uning davlat boshqaruv asoslari, sud-huquq tizimlari, xususan o‘sha paytdagi qoziliklar va ularning ishlash prinsiplari, Amir Temurning liderlik roli, geostrategiyasi va taktikalari, tashqi siyosati va diplomatiyasi, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatidagi roli va o‘rni, bunyodkorligi va boshqa faoliyatlari xususida ma’ruza qildi. Ma’ruza so‘ngida qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi B.Muqimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati