O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid Davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoki faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Farmonida yoshlarni har tomonlama uyg‘un, bilimli va axloqli, milliy qadriyatlar hamda ona Vatanga sodiq farzandlar sifatida tarbiyalash vazifasi belgilangan bo‘lib, ayniqsa, millat davomchilari bo‘lgan qizlarni ma’rifatli, onalik maqomiga munosib etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilgan. 11 oktyabr - "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Institut xotin-qizlar tomonidan tomonidan yoshlarga oid Davlat siyosatining mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish, yoshlar bilimini oshirish, uzluksiz ta’limni targ‘ib etish "Qiz bola-bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir" mavzusida o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishda professor Jamila Toshpulatovna Shermuxammedova qatnashib ma’ruza qildilar. Ular Qizlar kuni munosabati bilan talaba talaba qizlarni tabrikladilar. "O‘zbek ayollarining tarixiy siymolariga munosib izdosh bo‘laylik", "qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va reproduktiv salomatlikni mustahkamlash", "Erta nikoh va uning salbiy oqibatlari", "Yoshlarning turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi holatlarining oldini olish omillari" mavzusida ma’ruza tinglandi. Iqtidorli qizlar mushoirasi, raqslar guldastasi, kiyinish madaniyatini targ‘ib etuvchi "Taqlidga tanqid" mavzusida interaktiv taqdimot, "qizlar ko‘proq kitob o‘qisin" deb ta’kidlab o‘tdilar.
So‘zga chiqqanlar (Abdukodirova Sanobar, Xolikova Nargiza) xalqimizning qizlar tarbiyasi bilan bog‘liq milliy qadriyatlarini asrab-avaylash va davom ettirish, orastalik, ibo, muomala madaniyati, turmush odobi, mehmonnavozlik, kamtarlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni yoshlar qalbiga singdirish omillari haqida fikr bildirdilar. Shundan so‘ng talaba qizlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdilar va kerakli ma’lumotlarni olishdilar.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Xafizova axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov