Ulug‘larning ziyorati ularning qutlug‘ ishlari sabab bo‘ladi. Xalq manfaati uchun bedor tunlarni o‘tkazib, o‘z shijoatini, mehnatini baxshida etganlar hamisha mangulikka muhrlanadi. Ziyoratning ziyosidan bahramand bo‘lishning hikmati ko‘p. Qalbga ziyorat inson xotirasiga munosabat demakdir.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi, 2-bosqich, 212-b guruh talabalari guruh murabbiyi D. Madazizova rahbarligida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini yod etib, “Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi”ga tashrif buyurishdi.
Islom Karimov O‘zbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqlol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir.
Tashrif davomida Birinchi Prezidentimiz monumenti poyiga gul qo‘yilib, ulug‘ insonning beqiyos xizmatlari aks ettirilgan fotosuratlar, videolavhalar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi”
kafedrasi katta o‘qituvchisi D.R.Madazizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov