Akademik litsey jismoniy tarbiya rahbari Osiyo chempionatida

Ayni kunlarda Tailand yashil maydonlarida qizlar o`rtasidagi U-19 Osiyo chempionati  bo`lib o`tmoqda. Mazkur musobaqa  uchrashuvlarida hamyurtlarimiz – Edita Mirobidova hamda TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi Akademik litsey jismoniy tarbiya rahbari Zilola Rahmatova hakam sifatida faoliyat olib bormoqda. Hozirga qadar O`zbekistonlik hakamlar Shimoliy Koreya – Avstraliya, Vetnam - Shimoliy Koreya, Miyanma –Xitoy, Yaponiya-Xitoy hamda yarim final doirasidan o`rin olgan Shimoliy Koreya  va Janubiy Koreya o`yinlarini boshqarishdi. Endi ertaga musobaqaning final o`yini o`tkaziladi.  Hal qiluvchi bahsda  Shimoliy Koreya –Yaponiya qarama-qarshi kuzatiladi.  Diqqatga sazovor jihati shundaki, final bahsini  Edita Mirobidova  boshqarib boradi. Zaxira hakami sifatida esa Zilola Rahmatova ish olib boradi.

Akademik litsey ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari D. Tursoatov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari rahbari Rahimboy Jumaniyozov