Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali huzuridagi akademik litseyda “Vatan – muqaddas uni himoya qilish sharafli burchdir” mavzusida tabdir bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir Qarshi tuman mudofaa ishlari, Qarshi tuman adliya bo‘limi hamda akademik litsey hamkorligida tashkil etildi. Bunda Qarshi tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik U.Saidov, ChHXTB boshlig‘i M.Shermatom, zahiradagi podpolkovnik M.Nazarov, katta leytenant S.Maxmudov, Qashqadaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi xodimi, podpolkovnik F.Xusanov va boshqalar, Qarshi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i R.Abdullaeva hamda akademik litsey o‘qituvchi xodimlari, o‘quvchilari ishtirok etishdi. Avvalo, mexmonlar akademik litsey o‘quvchilari bilan davra suhbati olib bordilar. O‘tkazilgan tadbirda mehmonlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Akademik litsey o‘quvchilari harbiy sahna ko‘rinishlari, harbiy she’r qo‘shiqlar ijro etdilar. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarga qimmatbaxo sovg‘alar taqdim etildi.

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov