“Temuriylar tarixi davlat muzey”iga tashrif

2021-yil 11-fevral kuni Yer resurslarini boshkarish fakultetining 414-gurux talabalari gurux murabbiyi Z.Xafizova bilan birgalikda “Temuriylar tarixi davlat muzey”iga tashrif buyurishdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbuslari bilan 1996-yilda barpo etilgan ushbu muzey Toshkent shahrining qoq markazida, Amir Temur hiyoboning yonginasida joylashgan. Muzey ekspozisiyasidan o‘rin olgan eksponatlarni qiziqish bilan tomosha qilishdi. Muzeyning ko‘rgazmalar zalidagi miniatyura uslubida yaratilgan devoriy suratni ko‘rib, tariximizning uzoq o‘tmishini o‘qiganday bo‘lishdi. Uch qismdan iborat ushbu tasvirlarda Temur bobomizning Vatan ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlari o‘z ifodasini topgan.

Muzeyga qilingan ekskursiya davomida talabalarga muzeyda saqlanayotgan 10-14 asrlarda Temuriylar sulolasiga oid bo‘lgan bir qancha osori-atiqalar va Amir Temur tomonidan Samarqand shahriga olib kelingan va hozirda ushbu muzeyda saqlanayotgan “Usmon Mus’hafi” kitobi ning nusxasi ko‘rsatildi. Talabalar muzeyda Temuriylar sulolasiga tegishli sopol buyumlar, ko‘zalar, qozonlar, o‘sha davrdagi qurol-aslahalar, ot abzarlari, kiyim-kechaklar, kandakorlik namunalari, Temuriylar sulolasiga ishlangan turli xil miniatyuralar va boshqalar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, muzeyda saqlanayotgan boshqa qadimiy kitoblarni tomosha qilishdi. Bulardan “Temur tuzuklari”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Kuragoniy” kabi asarlarning asl nusxalari bilan tanishib chiqishdi.

Shuningdek, talabalarga Temur va Temuriylarning O‘rta Osiyo madaniyati va hatto jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilib berildi. Xususan, Temurning mardlikligi, adolatliligi hamda horijiy mamlakatlar bilan olib borgan siyosati talabalarda yanada fahr hissini uyg‘otdi. Talabalar ushbu muzeyda o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olishdi.

Yerdan foydalanish kaf. Kat.o‘qituvchisi Z.Xafizova ma’lumoti.

 

TIQXMMI matbuot xizmati