“Covid-19” Koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkin?

Bugun axborot va murabbiylik soatida “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 2 - kurs 2 - guruh talaba-yoshlari o‘rtasida “Koronavirus oqibatlari” to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, institutning “Tibbiy bo‘lim”i hamshirasi X.Hayitovalar talaba-yoshlarga “Koronavirus” qilib chiqish holatlari(KVI) o‘tkir respirator kasallik bo‘lib, u yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi va sust namoyon bo‘ladigan umumiy zaharlanish belgilari bilan kechadigan kasalligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shuningdek yig‘ilishda virusni yuqish yo‘llari, klinik belgilari, oldini olish choralari bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi. Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar tomonidan kerakli javoblar olishdi. Tadbir so‘ngida Tibbiy bo‘lim shifokorlariga o‘z vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurganlari uchun guruh murabbiyi H.Eshova talabalar nomidan minnatdorchilik bildirildi.

TIQXMMI matbuot xizmati