Tinchlik! Bu so‘z shu qadar muqaddaski, uning zamirida mashaqqat, ma’suliyat, shuningdek jasorat yotadi. Yoshlarimizni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlar, shuningdek milliy mafkura asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti talaba-yoshlari institutimizning Ma’daniyat saroyida “Tinchlik ortida filmini tamosha qilishdi.
Rejissyor: Akbar Bekturdiev
Ssenariy mualliflari: Abduqayum Yo‘ldoshev, Mansur Abduxoliqov, Sardor Hamroev. Filmda har bir inson kindik qoni to‘kilgan yurt va uning himoyasi uchun sadoqat bilan xizmat qilishi asosiy g‘oya sifatida aks ettirilgan. Mazkur filmda bosh kahramon Zafarning harbiy uchuvchi bo‘lish orzusi bilan yashashi, shu kasbni egallash uchun mashaqqatlarga chidashi va oxir-oqibat o‘z bilimi, jismonan baquvvatligi bilan maqsadiga erishishi gavdalantirilgan. Yoshlarni mafkuraviy tushunchalar bilan tarbiyalar ekanmiz, avvalo ularda vatanparvarlik ruhini shakllantirmoq kerak.
“Qishloq va suv xo‘jaligi
energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev
TIQXMMI matbuot xizmati