Oliy o‘quv yurti kutubxonalari bilimlarning asosiy manbasi va saqlovchi xazinasi bo‘lib kelgan. Ular «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab berilgan bilimli, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Davlatimiz rahbarlarining va yuqori tashkilotlarning barcha hujjatlari, milliy istiqlol g‘oyasiga oid adabiyotlar shu kutubxona orqali targ‘ib qilinadi va o‘rgatiladi. Institutimizning “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetininng TTTEM 1-kurs talabalari guruh murabbiylari A. Mustafoqulov va A. Pardayevlar rahbarligida A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasiga tashtif buyurdilar.
Ushbu kutubxona hozirda mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini oʻtamoqda. Kutubxona huzurida tashkil etilgan Respublika uslubiy kengashi kutubxonalar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash, alohida kutubxonalar uchun namunali nizomlar, uslubiy-bibliografik qoʻllanmalarni joriy etishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanmoqda. Shuning bilan bitga talabalar kutubxonaga doimiy a’zo bo’lib o’zlari qiziqqan adabiyotlardan bahramand bo’ldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati