Hamkorlikdagi vebinar

Bugungi kundagi asosiy talablardan biri yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalashda nafaqat milliy, balki xorijiy davlatlarni iqtisodiyot tarmoqlaridagi ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishtirishdir. Mavjud sohaviy bilimlarni yanada boyitish maqsadida “Yerdan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Moskva davlat yer tuzish universiteti “Yer tuzish” kafedrasi mudirining o‘rinbosari, i.f.n., dotsent Larisa Yevgenevna Petrova bilan

“Yer munosabatlarini tartibga solish va takomillashtirishda yer tuzishning bugungi vazifalari” nomli vebinar tashkil qilindi. Vebinarda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda 5410700-Yer tuzish va yer kadastri ta’lim yo‘nalishi 4 - bosqich talabalari ham ishtirok etib o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Vebinar yakunida talabalar hamda qatnashuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Vebinardan olingan lavhalar.

TIQXMMI matbuot xizmati