Institutimizda Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga bag‘ishlab yangi barpo etilgan muzeyda shoirning milliy adabiyotimiz, madaniyatimizning yuksalishiga qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi kitoblar, muallifning ijod uskunalari, qolaversa, ijodiy hayotidagi foydalangan har bir detallar va aksessuarlar did bilan ko‘rsatilgan. Abdulla Oripov o‘zbek adabiyotini yangi bosqichga ko‘targan nodir iste’dod sohibi, uning yuksak badiiy, teran va chuqur falsafiy she’rlari hattoki yoshlar ko‘nglidan chuqur joy olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. QSXET fakulteti 102-guruh talabalari va guruh murabbiysi E. Sobirov bilan birgalikda institutda barpo etilgan Abdulla Oripovning ijod muzeyiga tashrif buyurdilar.
Abdulla Oripovning asarlarida ezgulik va yovuzlik, shafqat va mehrsizlik, inson va tabiat, urush va tinchlik, ajdodlar va avlodlar va boshqa shu kabi hayotiy munosabatlar yetakchi mavzular hisoblanadi. Tashrif chog‘ida talabalar shoirning hayot va ijod yo‘llari, yozilgan noyob kitoblari hamda dunyo bo‘ylab qilgan sayohatlariga sherik bo‘ldilar.
“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi
assistenti A.M Mustafoqulov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati