Ustoz hayot tushunchasining mohiyatini anglatgan zoti sharif. Shu bois, azal-azaldan ustoz-murabbiylarga bo`lgan ishonch, hurmat-izzat o`zgacha. "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida “Koʻzga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida nafaqadagi ustoz pedagoglar va oʻquvchilar ishtirokida davra suhbati otkazildi. Unda institut yoshlar bilan ishlash bo`limi boshlig`i Z.Xaydarov, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh. Narbayev, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova va ustoz pedagoglar va oʻquvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda, keksa yoshdagi ustozlarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan. Institutimizda ko'p yillar mehnat qilgan hozirgi kunda nafaqada bo`lishiga qaramay talabalarga bilim berishdan charchamayman deydi - "Yerdan foydalanish" kafedrasi mudiri dotsent A.Bobojonov. Bugungi tinch osuda hayotimizga erishishimizda va institutimiz ravnaqida ustozlarning ham ulkan hissalari borligini e`tirof etgan holda barcha ustozlarimizga sog`lik omonlik tilaymiz.
YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot xizmati