Insoniyat tarraqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib kolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashish har bir insonning burchidir.
O‘tgan asrdan bizga “Meros” bo‘lib qolgan giyohvandlik balosi hamon insoniyat kelajagiga xavf solib kelmoqda. Eng achinarlisi, giyoxvandlik og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabbab bo‘lmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etmoqda. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu boisdan, giyohvandlikka qarshi qurashni kuchaytirish maqsadida 2-TTJning 4-tashabbus xonasida “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi tashabbusi bilan “Milliy gvardiya” xodimi Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi 4-alohida bataloni kadrlar guruhi katta inspektori leytenant Rasulov Tohir Asqar o‘g‘li va kafedra professor-o‘qituvchilari
Fakultetimiz talabalariga yuqorida keltirilgan “Giyohvandlik - asr vabosi” mavzusida yig‘ilish o‘tkazishdi. Talabalar o‘zlaridagi qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov