Yer resurslаrini boshqаrish sohаsi mutаxаssislаri bilаn mаxsus seminаr

Mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy maʼlumotli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi muhim ahamiyatga egadir. Joriy yilning 9-aprel kuni Yer resurslarini boshqarish fakultetida sohaga oid ish beruvchi tashkilot va korxonalardan yetakchi mutaxassislarni hamda soha vakillarini jalb qilgan holda bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini oʼquv rejalaridagi fanlar va oʼquv dasturlarini muhokama qilish va takomillashtirishga bagʼishlangan seminar boʼlib oʼtdi.

Ushbu semenarda Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi, Respublika Аerogeodeziya markazi, “Kartografiya” korxonasidan mutaxassislar hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji direktori ishtirok etdilar.

Seminarda 5313400-“Geodeziya va geoinformatika”, 5311200-“Yerlarni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar”, 5410700-“Yer kadastri va yerdan foydalanish”, 5311300-“Kadastr (hududlar davlat kadastri)” bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari, 5А313401-“Geodeziya va geoinformatika”, 5А410701-“Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” magistratura mutaxassisliklari oʼquv rejalaridagi fanlari muhokama qilindi hamda ilm-fan taraqqiyoti va ishlab chiqarishning bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda yangi fanlarni oʼquv rejasiga kiritish boʼyicha takliflar berildi.

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti S.N.Abduraxmonov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati