«Platforma» o‘quv markazidagi treningda

Joriy yilning 7 - 11 - may kunlari Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi bo‘yicha Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Chust ko‘chasi 1 - uyda joylashgan «Platforma» o‘quv markazida tashkil etilgan treningda ishtirok etish U. Otajonovga katta mas’uliyat yukladi.

Treningning birinchi kunida tadbir ochilishida «Texnik salohiyatni mustahkamlash» loyihasi rahbari Ulug‘bek Islamov, «AUTHORCOACHINGGROUP» direktori Dinara Gabdulxakova, TIQXMMI ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori T. Z. Sultanov, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Sh.J.Imomovlar ishtirok etib, ushbu tadbirni ochdilar hamda trening ishtirokchilariga qo‘yilgan mas’uliyat, tartib va qoidalarini tushuntirdilar hamda ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilab qoldilar. Har bir trening tinglovchisi tegishli dastur va trening qo‘llanmasi bilan ta’minlandi hamda dastur va qo‘llanma bo‘yicha trening boshlandi.

U Otajonov 7 - 8, 10 - 11 may kunlari bo‘lib o‘tgan trening dasturida ko‘rsatilgan har bir bandlari bo‘yicha olingan bilimlar asosida ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajardi. Treningning oxirgi, ya’ni 11 may 2019 yili “Suqrot muloqoti” mavzusida bitiruv ishi taqdimotini himoya qildi. Ushbu Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi bo‘yicha olgan bilimlarni kafedrada taqdimot qilib hisobot berdi. Treningda taqdim etilgan va orttirilgan malaka-ko‘nikmalar kelgusida o‘z ijobiy samarasini berishiga ishonchimiz komil.

  Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov