Institutda talabalarning ilmiy – innovatsion g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida, o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini ko‘rsatib bera olgan quyidagi bir guruh talaba, magistrantlar institut rektorining e’tirof va rag‘batiga sazovor bo‘ldilar. Jumladan, “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxis” mutaxassisligi 1-bosqich 126-guruh magistranti Muhammadjonov Axmadjon “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun axborot tizimini yaratish” nomli SmartFermer.uz loyihasini dastlabki nusxasini tayyorlaganligi uchun 2 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. “Gidromelioratsiya fakulteti” 2-bosqich 203-guruh talabasi Turdiev Akbarali “Smart Gidro eko-iqtisodiy hudud” nomli loyihasini dastlabki nusxasini tayyorlaganligi uchun 1 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. “Gidromelioratsiya fakulteti” 2-bosqich 218-guruh talabalari Toshpo‘latov Boxodir va Normurodov Jamolbek o‘zlarining Suv sathini elektron tarzda o‘lchashga mo‘ljallangan “Gidroelektrometr” nomli qurilmaning dastlabki nusxasini tayyorlaganliklari uchun 750 000 so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Shu kabi innovatsion g‘oyalari, ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan institutimizning professor-o‘qituvchilarini, doktorant va yosh olimlarini, magistrant hamda talabalarini “Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash” bo‘limiga murojaat qiling. Innovatsion g‘oyalaringiz bor bo‘lsa, shoshiling, biz sizni kutib qolamiz. Manzil: Institutning B-binosi, 2-qavat 233 xona. Murojat uchun telefon: 71 237-19-61 Biz albatta sizni qo‘llab quvvatlashga doimo tayyormiz!!!
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi xodimi S.Melikuziev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov