So‘nggi yillarda mamlakatimizda Oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yetuk kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.10.2019 y. PQ-4486 “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarori buning yaqqol namunasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.10.2019 yil PQ-4486 sonli Qarorining 7-bandiga muvofiq “Institut sohaga oid kafedralarning tegishli ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida joylashtirilayotgan ixtisoslashtirilgan sinflarida talabalarning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini, shuningdek, o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi “ishlab chiqarishda bir kunlik mashg‘ulot” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish maqsadida “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi 3-bosqich 309-guruh talabalari 2019 yilning 11 noyabr kuni dotsent T.Haydarov va assistent. G.Murtazayevalar “Agregat zavodi” AJ da o‘quv amaliy mashg‘ulotlarini olib bordilar. Korxona rahbariyati talabalar bilan mashg‘ulot o‘tish uchun maxsus jihozlangan o‘quv xonasi ajratgan va bu xonada mashg‘ulotlarni sifatli o‘tish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar-kompyuter, proektor, interaktiv doska bilan ta’minlangan.
Mazkur xona TIQXMMI ning “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasini ushbu korxonada joylashgan kafedra filiali hisoblanadi. O‘quv xonasida yaratilgan sharoitlardan talabalar mamnun bo‘lishdi. Bundan tashqari, o‘quv mashg‘uloti davomida yetakchi mutaxassis X.Baratov mavzu bo‘yicha zarur ma’lumotlarni talabalarga yetkazdi. O‘quv amaliy mashg‘ulotlari bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan hamohang olib borilmoqda.
HFX kafedrasi assistenti G. Murtazaeva axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov