Xavfsiz hayot taqozosi

Inson hayotiga qutqu soluvchi va xavf tug‘diruvchi holatlarda yordam qo‘lini cho‘zish va qutqarish zarurati tabiiy. Buning uchun, albatta, nazariy va amaliy tayyorgarlik lozim.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi 409 - guruh talabalari 13 noyabr kuni favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan zamonaviy jihozlar bilan yaqindan tanishish va sohaga doir yangi texnologiyalarni o‘rganish maqsadida Xojiyev Aliakbar, Mirxosilova Zulfiya hamda Saidxo‘jayeva Nafisa boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi “Respublika tez harakat qilish markazi” ga bordilar.
U yerda soha mutaxassislari talabalarga qutqaruv ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni tanishtirdilar. Olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida talabalar amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘tadilar.

  

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov