Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilgandilar.
Shu munosabat bilan “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi asosida tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazining o‘quv kurslari tashkil etilgandi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakultetida tahsil olayotgan faol talabalar “Ma’naviyat xonasi”da o‘tkazilayotgan o‘quv kurslarida faol qatnashmoqdalar. Tadbir bandadan, taqdir yaratgandan degan naql bejiz aytilmagan. O‘z maqsadi, g‘oyasini ifoda etish uchun avvalo, fikr so‘ngra nutq mahorati kerak. Kursdagi ta’lim jarayonida ana shu talablarga qat’iy amal qilinadi.
"Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakulteti Ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov