Talaba yoshlarni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning siyosiy-huquqiy madaniyati, bilimini hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish maqsadida 12-dekabr kuni TTJ-3 da “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik - tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda o‘zining bilimlarini sinash uchun “Temuriy avlodlari” hamda “Qomus” jamoalari ishtirok etishdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. So’ngra jamoalar tanlovi boshlandi. Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati bo‘yicha talaba yoshlarning bilimini namoyish etish uchun “Savol-javob”, “Erkin mavzu”,”Devoriy ko‘rgazmalar” kabi shartdan iborat qiziqarli tanlovda hay’at a’zolari “Gidromelioratsiya” fakulteti ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.To‘ychiyev, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Sh. Mardiyev, “Gidrologiya va Gedrogeologiya” kafedrasi dotsenti S. Nurjanov, “SXTE va B” fakulteti ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan muovini J.Turdiyev hamda tarbiyachi pedagog A.Xaitovalar jamoalarni munosib baholab borishdi. Umumiy hisobda to‘plagan ballari bo‘yicha “Qomus” jamoasini bir ovozdan g‘olib deb e’lon qilishdi. Tadbirning ikkinchi qismida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.A.Shovazov va TTJ-3 tarbiyachi pedagogi A.Xaitova tomonlaridan tashkil etilgan taqdirlash marosimida barcha tanlov hamda ma’naviy tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan talaba-yoshlar esdalik sovg‘alari, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Sh. Mardiyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov