2020 yil 12 dekabr kuni soat 11:00da B-o‘quv binosi “Turon bank” ATB o‘quv xonasida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “Turon bank” ATB Chakana xizmatlar ko‘rsatish deportamenti direktori o‘rinbosari Vaxabov Eldor Baxtiyarovich “Xalqaro pul-o‘tkazmalari” mavzusida ma’ruza olib bordi. Ma’ruzada Xalqaro pul o‘tkazmalarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kompaniyalar, “Turon bank” ATB da mavjud xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari to‘g‘risida, Turon bankning tashqi iqtisodiy faoliyatini xalqaro moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi xususida, shuningdek, pul o‘tkazmalarining hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ma’ruza qizg‘in bahs munozaralar hamda savol-javoblar asnosida bo‘lib o‘tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati