Buyuk adib, oʻzbek va qirgʻiz halq yozuvchisi Chingiz Aytmatov 90 yillik tavalludi munosabati bilan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi sobiq Bodomzor yoʻli koʻchasiga buyuk adib Chingiz Aytmatov nomi berildi va shu koʻchaga adibning xaykali oʻrnatildi. Joriy yilning 12 dekabr kuni Chingiz Aytmatovning haykalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident maslahatchilari, Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Qirgʻizistoning Oʻzbekistondagi muxtor elchisi va boshqa 30 taga yaqin chet davlatlarning vatanimizdagi elchilari ishtirok etishdi. Shu qatorda QXM fakulteti professor – oʻqituvchilari hamda QXM kafedrasi katta oʻqituvchisi A. Isakovning rahbarligida 1 – bosqich talabalarining ishtiroki toʻla taʼminlandi. Ushbu marosimda talaba – yoshlarimiz ishtirok etishar ekanlar ular qalbida adabiyotga, kitob mutoalaa qilishga boʻlgan ishtiyoqlari kuchayganini sezish qiyin emas.
QXM fakulteti Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Raximov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov