“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti va Toshkent shahar Shayxontohur tumani 324-sonli maktab xamkorlikdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ijtimoiy –maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadidagi chora tadbirlar rejasi bajarilishi “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasining navbatdagi tadbirlarini oʻtkazdi. “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti Oʻ.Xaliqnazarov, Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti fakulteti Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev va “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” yoʻnalishi 2 bosqich 202 a-guruhning iqtidorli talabalari N.Ziyayev va J.Tursunovlar bilan birgalikda 324-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-9-sinf oʻquvchilari bilan Konstitutsiya mening hayotimda mavzusida “Zakovat” oʻyinlari oʻtkazildi. Zakovatda 8-9-sinfning aʼlochi oʻquvchilaridan iborat boʻlgan 5 ta jamoa shakllantirildi. Berilgan savollar oʻquvchilar oʻrtasida qiziqarli tarzda oʻtkazildi va haqiqiy maʼnoda bilimlar bellashuvi boʻlib oʻtdi. Zakovat natijasiga koʻra, eng yaxshi bilimdon guruhlarga I, II, III-oʻrinlarga ajratib olindi va dotsent Oʻ. Xaliqnazarov “QSXET” fakulteti dekanatining faxriy yorliqlari va oʻzining esdalik kitoblari bilan tabrikladi.
“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov