“Power of innovation” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

2020-yilning 12-mart kuni Qarshi shahrida innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Qarshi shahridagi Korxonalarni xususiylashtirish va sog‘lomlashtirish klinikasida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 12 ta Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasining umumiy 68 turdagi ishlanmalari va 15 ta tadbirkorlik sub’ektining jami 45 ta mahsulot turlari joy oldi.

Joriy yilning 13-mart kuni ko‘rgazma ishtirokchilari orasidan “Eng yaxshi ishlanma”, “Eng yaxshi stend” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. G‘olib ishtirokchilarga Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilm-fan va ilmiy texnikaviy tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Otajonov va Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy amaliy markazi direktori o‘rinbosari A.Sobirxonov tomonidan sertifikat va pul mukofotlari topshirildi.

1- o‘rin   TIQXMMI Qarshi filiali TJIChAB ta’lim yo‘nalishi 213-guruh talabasi Po‘latov Navro‘z Mirtemir o‘g‘liga nasib etib, 15 million so‘m bilan rag‘batlantirilgan bo‘lsa, 2 - o‘rinni  Egamberdiev Beg‘amjon Abdullaevich egallab 10 million so‘mni qo‘lga kiritdi. 5 million so‘m pul yutug‘ini olib  3 - o‘rinni Ismoilov Bobur Ulug‘bek o‘g‘li ishg‘ol etdi.

TIQXMMI matbuot xizmati