M. Ulug‘bek tumani, Chust ko‘chasi 1 - uyda joylashgan «Platforma» o‘quv markazida tashkil etilgan treningda “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi assistenti J. Qosimov ham qatnashdi va trening mashg'ulotida olgan malaka va ko'nikmalari bilan “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi a’zolari bilan o'rtoqlashdi.
J. Qosimov 7 - 8, 10 - 11 may kunlari bo‘lib o‘tgan trening dasturida ko‘rsatilgan har bir bandlari bo‘yicha olingan bilimlar asosida ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajardi. Treningning oxirgi, ya’ni 11 may 2019 yili “Prezentatsiya qilish shartlari” mavzusida bitiruv ishi taqdimotini himoya qildi. Ushbu Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi bo‘yicha olgan bilimlarni kafedrada taqdimot qilib hisobot berdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov