Sport - salomatlikka garov

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oldinga surgan beshta muhim tashabbusning ikkinchisi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish” ga muvofiq 2019 yil 13 oktyabr kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining 1-kurs talabalari o‘rtasida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha dekan kubogi bo‘lib o‘tdi. Unda 8 ta komanda ishtirok etib, 102 guruh talabalari 1-darajali diplom va dekan kubogiga, 106-guruh talabalari 2-darajali diplom va 105-guruh talabalari 3-darajali diplomga sazovor bo‘lishdi. 

“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov