Putin tashrifi doirasida "Rektorlar forumi" o'tkaziladi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O'zbekistonga tashrifi doirasida biznes sohasida 20 mlrd dollar atrofidagi bitim va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda hukumat vakili ma`lum qildi. 

Ta`kidlanishicha, Rossiya ilk bor juda katta tarkibli delegatsiyadan iborat bo'lgan holda O'zbekistonga tashrif buyurmoqda. Hukumat amaldorlari, yirik biznes vakillaridan tashkil topgan delegatsiya a`zolari 800dan ortiq. Shu vaqtgacha, O'zbekistonga kelgan Rossiya delegatsiyasi soni 200 kishi atrofida bo'lgan. 

Bundan tashqari, Rossiyaning 70dan ortiq nufuzli oliy o'quv yurtlari rektorlari ham kelishadi va O'zbekistonda ilk bor “Rektorlar forumi” o'tkaziladi. Unda O'zbekiston va Rossiya oliy o'quv yurtlari o'rtasida hamkorlik masalalari ham muhokama etiladi. 

Qayd etilganidek, tashrifni Rossiya OAVning 200dan ortiq jurnalistlari yoritadi. Buning uchun barcha sharoitlar muhayyo etiladi. 

Manba; kun.uz