15-yanvar kuni institut psixologi M. Muxamedova 2-TTJ tarbiyachi pedagogi D. Shukurullaevalar 2 - TTJ 1-4 kurs talaba qizlari ishtirokida talabalarning ichki ruhiy holatlarini korrektsiya qilishga qaratilgan trening mashgʼulotlarini oʼtkazishdi.
Trening oʼtkazishdan maqsad talaba qizlarning ichki ruhiy holatlarini korrektsiya qilish:
Tadbir “Salomlashish” treningi bilan boshlandi. Barcha ishtirokchi qizlar doira shaklida turib, soat strelkasi boʼylab oʼz ismi va oʼzining inson sifatidagi hurmatga sazovor xususiyatlaridan birini aytib tanishtiradi. Bu trening ishtirokchilarni bir – birlariga yanada yaqinroq tanishib olishga yordam beradi. “Barmoqni ushlab ol” trening mashgʼulotida ishtirokchilar doira boʼlib turib olishdi.
Hamma ishtirokchilarga trener quyidagicha koʼrsatma berdi:
(koʼrsatkich barmoq tepaga qaratilgan holda yelkadan pastroq va yon tomonda tutiladi). Qoʼli ushlangan odam qandaydir savolga javob berishi yoki shart bajarishi kerak. “Tugunni yech” , “Sharlar”, “Gʼaroyib sovgʼa” va “Oʼz fikringni ayt” kabi trening mashgʼulotlari oʼtkazildi. “Tugunni yech” va “Sharlar” mashgʼuloti guruh ishtirokchilarini bir-birlarini tushunishga hamda hamkorlikda ishlashga oʼrgatishga qaratilgan. “Gʼaroyib sovgʼa” trening ishtirokchilarini ruhiyatini yanada koʼtarish, mimikalar orqali bir – birlarini tushuna olish xususiyatlarini rivojlantirish va trening ishtirokchilarini faolligini oshirishga moʼljallangan. “Oʼz fikringni ayt” treningida ishtirokchi qizlar 2-TTJga yangi ishga kelgan tarbiyachi pedagog D. Shukurullaeva haqida oʼz fikr va munosabatlarini bildirib oʼtishdi. Trening soʼngida ishtirokchi qizlardan oʼtilgan mashgʼulot boʼyicha soʼrovnoma olindi. Soʼrovnomada aniq boʼlishicha bu trening mashgʼulot barcha talaba qizlarning kayfiyatlarini koʼtarinki holatga keltirgani, ruhiyatlarini pozitiv notaga sozlanganligini koʼrishimiz mumkin. Tadbir qizgʼin tarzda oʼz yakuniga yetdi. Treningda ishtirok etgan ayrim muammoli talabalarni olib qolib alohida suhbat oʼtkazildi va muammosiga qarab alohida konsultatsiya oʼtkazishga kelishib olindi. Bundan tashqari TTJda hijob kiygan qizlar bilan ham alohida suhbat oʼtkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
TIQXMMI matbuot xizmati