2019 yil 15 fevral kuni institut Madaniyat saroyida O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan adabiy – badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda tarixchi olim, professor – Polvonov Ne’matjon To‘rayevich, mutafakkirlarimizning ijodiy merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalar xususida so‘z yuritdi.
Anjumanda Zahiriddin Muhammad Boburning betakror she’riyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf – odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma’lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Anjumanda shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi va mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov