Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari, Suv xo‘jaligi Vazirligi va Markaziy Osiyo davlatlaridagi suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha memorandum imzolangan.
Shu asosda Qirg‘iziston Respublikasining Suv xo‘jaligi vazirligidan tashrif buyurgan bir guruh mutaxassislar o‘z malakasini oshirishmoqda. Ushbu mehmonlar 2020 yil 13 mart kuni institutimizdagi “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining o‘quv laboratoriyasiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar laboratoriya jihozlari, o‘quv jarayonida o‘tkaziladigan laboratoriya darslari bilan tanishdilar va tajriba almashdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati