"Institut-talaba-mahalla" birligi - davr talabi

Ijarada yashovchi talabalarning ahvoli va kundalik turmush tarzini o‘rganish juda muhim va ayni paytda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lmoqda. Bugun "Gidromelioratsiya" fakulteti "Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish" ta’lim yo‘nalishi 307-guruh murabbiyi Sanobar Do‘stnazarova guruhning ijarada yashovchi talabalari holidan xabar olish maqsadida ularning uylariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar hayoti o‘rganilibgina qolmasdan, ularning o‘zlari yashayotgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla raislari bilan birgalikda suxbat ham tashkil etildi. Kelgusida talabalarning ahvoli va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarini nazorat qilishda mahalla oqsoqollari ham faollik ko‘rsatishlariga kelishib olindi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti 307-guruh talabasi Azizbek Hasanov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati