Kartografiya markaziga tashrif

2019 yilning 1-2 may kunlarida TIQXMMI xarbiy kafedrasi 10, 11 va 12 - guruh talabalari Mudofaa vazirligining Kartografiya markaziga amaliyotda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi.

Kartografiya markazi boshlig‘i podpolkovnik Ashurov F. talabalarni kutib olib markaz hududidagi xavfsizlik choralarini eslatdi va tadbirni boshladi.

Podpolkovnik Ashurov F. talabalarga qisqacha markaz tarixi to‘g‘risida ma’lumot berdi, ma’lumotga qaraganda bu markaz 1921 yilda tashkil topilgan bo‘lib, salkam 100 yillik boy tarixga ega ekan va hozirgi kungacha Qurolli Kuchlarni aniq, yuqori sifatli topografik kartalar bilan ta’minlab kelmoqda.

 

2017-2019 yillarda Kartografiya markazi Mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan zamonaviy kartografik texnikalar bilan ta’minlanib, yangi innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat olib bormoqda va hozirda kartografik maxsulotlarni ishlab chiqarishda tengi yo‘q, kitob va plakatlar chop etishda esa O‘zbekistonda raqobatbardosh korxona ekanligini markaz boshlig‘i ta’kidlab o‘tdi.

Elektron-raqamli xaritalarni tuzishda va tahrirlashda markazda qo‘llaniladigan zamonaviy dasturlar (programmnoye obespecheniya GIS «Panorama», Arc GIS) talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular harbiy kafedrada olgan nazariy bilimlarini amaliy bajarishda o‘zlarini sinab ko‘rishdi.

Talabalar Kartografiya markazida ko‘p yillar davomida ishlab kelayotgan tajribali xodimlar bilan bir qatorda TIQXMMIning to‘rtinchi bosqich talabalari Davlatov. H., Xamroyev J., Mirzabekov D. o‘qishdan bo‘sh bo‘lgan vaqtlarida, hamda institutni 2018 yilda tamomlagan Abduxalilov J. ning ish faoliyatini ko‘rib bu kasbga qiziqishlari yana ham oshdi.

Xaritalarni bosmaga tayyorlash jarayoni ham zamonaviy texnalogiyalarni qo‘llab, yangi olingan kartografik texnikalarda amalga oshirishar ekan. Bu jarayonda bevosita kompyuterdan foydalanib EccoGrophix texnikasi yordamida amalga oshirayotgan harakatlar talabalarni hayratga qoldirdi.

Shu bilan talabalarning Kartografiya markaziga qilgan tashriflari yakuniga yetdi. Talabalar a’lo ta’surotlarga boy bo‘lib harbiy kafedraga qaytishdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozova