TIQXMMI rektori prof. U. P. Umurzakov tomonidan Axborot-resurs markaziga hadya qilingan adabiyotlar Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limining Talabalar o’quv zalida joylashgan “Yangi adabiyotlar” ko‘rgazmasi javonidan joy oldi. Ular orasida o’zbek, rus va xorijiy tillardagi ilmiy-ommabop, badiiy va o’quv adabiyotlar mavjud. Barcha adabiyotlar kutubxonachi mutaxassislar tomonidan raqamlashtirilib, “Elektron kutubxona”ning to’liq matnli ma’lumotlar bazasida foydalanuvchilarga havola etildi.
Axborot - resurs markazi