Shu yilning 7 – 8 – avgust kunlari Qozog‘istonning Almata shahrida Qozog‘istonning Nazarbaev va Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universiteti hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan “The 7th International Conference on Nanomaterials and Advanced Energy Storage Systems” xalqaro ilmiy konferensiyasi tashkil etildi. Mazkur ikki kunlik ilmiy konferensiyada Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Tayvan, Qozog‘iston, Turkiya kabi yigirmadan ortiq davlat oliy ta’lim muassasalar professor – o‘qituvchilari, doktorantlar hamda magistratura talabalari o‘zlarining ilmiy maqola hamda ko‘rgazmalari bilan qatnashishdi.
Quvonarli jihati shundaki, ushbu tadbirda yurtimiz oliy o‘quv yurtlari nomidan institutimiz 1 – kurs magistratura talabasi ham ishtirok etdi. Ilmiy anjumanning birinchi kuni “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” mutaxassisligi magistranti Abdug‘aniev Nurislom “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori t.f.d. O.B.Tursunov rahbarligida olib borayotgan magistrlik dissertatsiya ishi bo‘yicha bugungi kunga qadar amalga oshirgan ilmiy izlanish hamda tajriba ishlari bo‘yicha olgan dastlabki natijalariga bag‘ishlangan “A Comprehensive Study on Household Solid Waste Characteristics for Green Energy Recovery in Urta-Chirchik District of the Tashkent Region” nomli maqolasi bilan ishtirok etdi. Uning ma’ruzasi qiziqarli savol-javob tarzida o‘tganligi konferensiya qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu konferensiya kafedramizning yosh ilmiy izlanuvchisi Nurislom Abdug‘anievga katta tajriba maktabi vazifasini o‘tadi.
ETvaQTEM kafedrasi mudiri D.B. Qodirov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov