Naqd pulsiz to‘lov tartib-qoidalari amaliyoti

Turonbank ATB bilan institutimiz o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan maxsus grafik asosida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilgan. 2021 yil 16 oktyabrda navbatdagi seminar “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar tartib-qoidalari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani Turonbank ATB ning “Soliq va moliya bosh boshqarmasi” boshlig‘i Kirgizboev Solimjon Salohiddinov o‘qidi. Seminar savol javoblarga boy bo‘lib, tinglovchilar tomonidan masalaga oid turli fikrlar bildirildi.

Ma’ruzachi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining bitiruvchisi bo‘lganligi tinglovchi talabalar uchun yanada qiziqarli bo‘ldi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning afzalliklari tinglovchilarga keng bayon etildi. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish davrida banklarning faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar keng muhokama qilindi.

TIQXMMI matbuot xizmati