Talabalar uchun savdo yarmarkasi tashkil qilindi

Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Talabalar turar joylari hududa yarmarka tashkil qilindi. TTJda istiqomat qilayotgan talabalar dasturxonining to‘kinligini ta’minlash maskanda o‘n besh turdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari talabalarga arzon narxlarda sotilmoqda.

Yarmarkaga ehtiyojga yarasha meva-sabzavot, poliz, tuxum va boshqa mahsulotlar keltirilib, talabalar uchun maqbul narxlarda sotilmoqda, – deydi “Talabalar turar joylari kengashi raisi” Jahongir Saidahmedov Baxibekovich. Bundan keyin haftaning har shanba va yakshanba kunlari 15 xildan ortiq mahsulot talabalar uchun arzonlashgan holda yetkazib berilish rejalashtirildi. Yarmarka o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalarga yengillik yaratishdir.

TIQXMMI matbuot xizmati